16:21 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Uzbekskiye militsionerы ryadom s patrulnoy mashinoy

Toshkentda dollar toʻla seyfni oʻmargan jinoyatchilar qoʻlga olindi

AP Photo / Umida Akhmedova
Yangiliklar
Havola olish
1178 0 0

Toshkent shahar IIBB bosqinchilik sodir etilgach, oʻz rasmiy saytida jinoyatchilarga kelib oʻz xohishi bilan taslim boʻlish va pullarni qaytarish talabi bilan murojaat qilgan. Bundan xabar topgan jinoyatchilar oʻrtasida "dollar vasvasasi" boshlangan va ular janjallashib qolishgan

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Toshkent IIBB Shayhontohur tumanidagi 4 qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan xonadondan ichida yirik miqdorda valyuta boʻlgan seyfni bosqinchilik yoʻli bilan oʻmargan jinoyatchilarning toʻrt nafarini qoʻlga olingani haqida xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu jinoyat sojir etilgach, holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining "Bosqinchilik" (164 moddasi 4 bandi) moddasi boʻyicha jinoyat ishi ochilgan va unga koʻra jinoyatchilar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin edi.

Toshkent shahar IIBB insonparvarlik nuqtai nazaridan jinoyatchilarga murojaat qilgan va agar ular ichki ishlar boʻlimiga kelib taslim boʻlsalar, ularga beriladigan jazo yengillashtirilishini maʼlum qilgan edi. Ammo jinoyatchilar bu chaqiriqni inkor etgan.

IIBB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan jinoyatchilar shaxsi aniqlashtirilgan. Ularning barchasi muqaddam sudlangan shaxslar ekanligi aytilmoqda.

Shulardan 29 yashar Anvar yashnobodlik, 54 yashar Mirhomid Shayhontohur tumanidan, 44 yashar Botir uchtepalik, 39 yashar Najmiddin olmazorlik ekani aniqlangan.

Jinoyatchilar yonlaridan ashyoviy dalil sifatida pullarning bir qismi, niqoblar va qoʻlqoplar topilgan.

Maʼlum boʻlishicha, jinoyat sodir etilgach, bosqinchilardan biri internetda IIBBning oʻz xohishi bilan taslim boʻlish eʼlonini koʻrgan va ular oʻrtasida kelishmovchilik roʻy bergan.

Shundan soʻng jinoiy guruhning ikki nafari qochib ketgan.

Toshkent IIBBda ular Qozogʻiston chegarasidan qachon va qayerdan kesib oʻtganligi haqida maʼlumot bor. Ular borasida tezkor-qoʻlga olish choralari koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular