Amir Temur shox ko‘chasining bir bo‘lagi bugundan yopildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDemontaj reshetok na prospekte Amira Temura
Demontaj reshetok na prospekte Amira Temura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yo‘nalishda harakatlanuvchilar vaqtincha qatnov qismining ikkinchi tomonidagi yo‘lda yurishlari mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishi 2-bosqich qurilish ishlari davom etayotgani tufayli, Amir Temur ko‘chasining bir qismi yopilganini e’lon qildi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Yunusabadskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qurilayotgan metro stansiyalari bo‘yicha topshiriqlar berdi

Xabarda aytilishicha, Amir Temur shox ko‘chasining Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi joylashgan nuqtasidan Ahmad Donish ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir tomonga harakatlanish qismi 2019-yilning 12-sentabridan 1-dekabr sanasigacha yopiladi.

Shu yo‘nalishda harakatlanuvchilar vaqtincha qatnov qismining ikkinchi tomonidagi yo‘lda yurishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda joriy yilda qurib bitqazilishi rejalashtirilgan Turkiston va Yunusobod bekatlari oralig‘ida tonnel qurish va Turkiston stansiyasida qayta chiqish va tupiklarini qurish bo‘yicha ochiq usulda ishlar olib borilmoqda. 

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi loyihasining umumiy qiymati – 124,8 million AQSh dollari bo‘lib, barpo etilayotgan yangi yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrni tashkil etadi. 

Yangiliklar lentasi
0