04:04 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
344 0 0

Sherzod Kudbiyev Oʻzbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant boʻlib turgan edi

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimigaVazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Nozim Xusanov nomzodini maʼqulladilar. U bunga qadar Toshkent shahri Sergeli tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sherzod Kudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant boʻlib turgan edi.

Nozim Xusanov mutaxassisligi boʻyicha muhandis-iqtisodchi, bank ishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar boʻyicha yoʻnalishlarda tahsil olgan. 1997 yilda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti (kunduzgi), 2002 yilda Toshkent moliya instituti (sirtqi), 2007 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida magistraturada tahsil olgan.

Turli yillarda bosh buxgalter, turli banklarda bosh mutaxassis, boshqarma boshligʻi lavozimida ishlagan.

2004-2005 yy Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻlgan

2005-2010 yy Oʻzbekiston Markaziy bank emissiya kasaa operatsiyalari departamenti direktori oʻrinbosari

2010-2011 yy Toshkent viloyati Markaziy bank bosh boshqarmasi boshligʻi

2011-2013 yy Oʻzbekiston Markaziy banki raisi oʻrinbosari

2013-2014 yy Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

2014-2016 yy "Mikrokreditbank" OAT bank boshqaruvi raisi

2016-17 yy Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari

2017-18 yy Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

2018 yilda Sergeli tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritgan.

2019 yilda Oʻzbekiston prezidenti tomonidan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan.

Sergeli tumani hokimi lavozimida tumanda koʻpgina ijobiy ishlarni amalga oshirgani bilan yodda qolgan.

Asosiy mavzular