01:10 16 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
817 0 0

Erkak restoranlar tarmogʻida oshpaz boʻlib ishlagan. Uni podsobkada pichoqlangan holatda restoran direktori aniqlagan

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Rossiya shimoliy poytaxtidagi fast-fud kafelarning birida oʻzbekistonlik erkak jasadi topildi, deb xabar qilmoqda KP.

"Burger King" fast-fud kafelarining birining rahbari ishxonaga kelgach, podsobkaga kira olmagan.

"Ayol restoran oshpazini, 26 yashar oʻzbekistonlikni tomogʻidan pichoqlangan holatda topgan", - deb xabar qilgan nashrga ichki ishlar organlaridagi manba.

Huquqni muhofaza qilish organlari videokuzatuv kamerasi yozuvlarini oʻrganib chiqqach, podsobkaga begona kishi kirishi mumkin emasligini aniqlashgan. Kafeda shuningdek, bosqinchilik yoʻli bilan kirganlik yoki olishuv izlari aniqlanmagan.

Ichki ishlar xodimlari halok boʻlgan oshpaz ishida jinoiy omil boʻlmasligini ham taxmin qilishgan.

Asosiy mavzular