13:42 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
176 0 0

2019 yilning 19 sentyabridan 25 noyabriga qadar poytaxtning Chilonzor tumanidagi Gavhar koʻchasining bir qismi yopiladi.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. 2019 yilning 19 sentyabridan 25 noyabriga qadar poytaxtning Chilonzor tumanidagi Gavhar koʻchasining bir qismi, yaʼni “Olmazor” metro bekati roʻparasidagi yoʻl qisman yopiladi.

Toshkent shahar hokimligining maʼlum qilishicha, harakat cheklanishi sababi metropolitenning Sergeli yoʻnalishi qurilishidir.

Avtotransport vositalari harakati aylanma yul orqali amalga oshiriladi. 

Shahar hokimligi keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻragan.

Asosiy mavzular