06:06 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Yangiliklar
Havola olish
55710

Oʻzbekiston Energetika vazirining oʻrinbosari Sherzod Xodjayevga koʻra, Oʻzbekiston mintaqaviy energiya halqasini ishga tushirish uchun harakat qilmoqda va bu loyiha 2023 yilga kelib amalga oshishi mumkin

TOSHKENT, 20 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Energetika vazirining oʻrinbosari Sherzod Xodjayevga koʻra, Markaziy Osiyo yagona energiya halqasini yaratish ishlari bir necha yil vaqtni oladi. Xususan, Oʻzbekiston bugungi kunda Tojikistonning eng yirik podstantsiyalardan biri boʻlgan Regar va oʻzining eng yirik podstantsiyasi Guzar oʻrtasida liniyani qurish boʻyicha amaliy ishlarni boshlagan. 

"Biz juda qisqa vaqt ichida Tojikistonni yagona elektr energiyasi halqasiga ulash harakatidamiz. Barcha harakatlarimiz shunga qaratilgan. Osiyo taraqqiyot banki bizga imtiyozli kreditlarni taqdim etgan va yil yakuniga qadar Oʻzbekistonning eng yirik podstantsiyalaridan biri boʻlmish Guzarni Tojikistonning yirik podstantsiyasi - Regar bilan bogʻlaymiz", - dedi Xodjayev.

Energetika vaziri oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, ushbu podstantsiyalar oʻrtasida liniya oʻz vaqtida boʻlgan, lekin keyin bu materiallar boshqa liniyalar uchun foydalanilgan. Endilikda esa ushbu liniya tiklanadi.

"2020 yil oxiriga kelib liniya ishga tushadi, deb umid qilamiz", - deb umid bildirdi Xodjayev.

Xodjayev, shuningdek, Turkmaniston va Afgʻonistonni Markaziy Osiyo energiya halqasiga qoʻshish masalasi borasida ham toʻxtaldi.

Taʼkidlashicha, ayni vaqtda texnik guruhni tashkil etish qarori qabul qilingan. Bu guruh loyihalashtiruvchilar uchun texnik topshiriq va takliflarni tayyorlash bilan shugʻullanadi.

"Bu juda murakkab jarayon va bu yerda loyihasiz ish bitmaydi. Shu bois tegishli hisoblar, oʻrganishlar olib borilishi lozim. Shundan keyingina buni amalga oshirsa boʻladi", - dedi vazir oʻrinbosari.

Xodjayev TSARES (MOMIH) mamlakatlari energetika vazirlari nega aynan Toshkentda toʻplanishdi, degan savolga ham javob berdi.

Vazir oʻrinbosarining aytishicha, Toshkentda oʻtkazilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi (MOMIH), mintaqa davlatlari energetika vazirlarining birinchi muloqoti barcha davlatlar uchun chindan muhim masala.

"Oʻzbekiston SSSR davridan buyon Markaziy Osiyo energetika tizimi markazi boʻlib kelgan va hozirga qadar bu yerda muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi bor, uning yordamida davlatlararo elektr uzatish liniyalari oʻrtasida dispetcherlik boshqaruvi amalga oshirilib keladi", - deb qayd etdi Xodjayev. 

Eslatib oʻtamiz, birinchi marta oʻtkazilayotgan MOMIH energetika vazirlarining mintaqaviy muloqoti mamlakatlar va kompaniyalarni birlashtiradi hamda ushbu hududning energetik xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Ishonchli elektr taʼminoti aholi farovonligi uchun zarur boʻlish bilan birga, zamonaviy iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Va ushbu maqsadga erishish MOMIH energetika vazirlarining  umumiy vazifasi hisoblanadi.

Energetika investitsion forumida (EIF) unda biznesni energetika, xususan, Markaziy Osiyo energetika bozorlariga jalb etish masalalarini muhokama etadilar.

EIF-2019 investorlarga oʻtish davridagi tez oʻzgaruvchan shart-sharoitlarga  moslashishga yordam beradi,  hukumatlar, investorlar va kelgusi avlod tadbirkorlarining biznes loyihalarini ragʻbatlantiradi.

Forum doirasida shuningdek, OTB MOMIH birinchi startaplar tanlovini taqdim etadi. Tanlangan finalchilar oʻz biznes gʻoyalarini “TedTalk” formatida namoyish etishadi.

Asosiy mavzular