15:06 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

"Bampermisan, bamper": internetda shov-shuv boʻlayotgan optik illyuziya

© Stranitsa Truman Burbank v Twitter
Yangiliklar
Havola olish
2359 0 0

Ammo foydalanuvchilarning aksariyat qismi kelinning ajabtovur holatiga eʼtibor qaratishdi - ularga kelinning tos qismi besoʻnaqay keng koʻringan

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Yamaykalik erkak tvitterda oʻz nikoh toʻyidan fotosuratlarni eʼlon qildi. Noodatiy rakurs tufayli kelinning tos qismi juda katta koʻrinib qolgan.

Erkak ijtimoiy tarmoqlarda boʻlishgan shodiyona kun suratida u oʻz turmush oʻrtogʻi bilan boʻsh stullar orasida suratga tushgan.

"Yamaykada toʻy vaqtida boshlangan bir holat", - deya hazil qilgan post muallifi, marosimga yoppasiga kech qolgan bemalolxoʻja mehmonlarni nazarda tutib.

Ammo foydalanuvchilarning aksariyat qismi kelinning ajabtovur holatiga eʼtibor qaratishdi - ularga kelinning tos qismi besoʻnaqay keng koʻringan.

Eʼtibor bilan qaragan odam, kelin yonginasida toʻy libosi rangiga oʻxshash libosda bukilgan qiz turganini koʻrishi mumkin.

"Fotosuratda ikkita ayol borligini tushunish uchun bir necha soniya yetarli boʻldi", - deb yozgan mnkybrf nikli foydalanuvchi.

"Xotinjonning bamperi ham bor ekanda", — deb yozgan BrandoAttacks.

"Faqat izohlarni oʻqib, bu kadr rakurs tufayli boʻlganini tushundim, shov-shuvga hojat yoʻq", — deb yozgan Paulinelulu83.

"Aka, men bu rasmda kelinning orqasi shundaymi. debman", — deb yozgan PlantBasedKaysh.

Izoh beruvchilar orasida, antiqa koʻrinishi uchun kelinni otga oʻxshatganlar ham topilgan.

Asosiy mavzular