05:08 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Yangiliklar
Havola olish
263 0 0

Farmonga muvofik 2020 yil 1 iyungacha davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqariladi.

TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzarxiv" agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarxiv" agentligi tashkil etildi.

Shuningdek, Farmonga muvofik 2020 yil 1 iyungacha davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqariladi.

2020 yil 1 iyungacha quyidagi davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali koʻrsatilishi joriy etiladi:

👉 oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;

👉 ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;

👉 ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;

👉 arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar boʻyicha annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish;

👉 arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).

Mazkur arxiv maʼlumotnomalarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

Asosiy mavzular