05:50 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Yangiliklar
Havola olish
58431

Grin karta lotereyasida ishtirok etmoqchi boʻlganlardan xorijga chiqish pasporti talab qilinmoqda, deydi huquqshunos

TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. AQShdagi oʻzbekistonlik huquqshunos Dilshod Zokirov bu yil Grin karta lotereyasi ishtirokchilari eʼtibor qaratishlari lozim boʻlgan bitta muhim oʻzgarishni taʼkidlab oʻtdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Bu yilgi eng katta muhim oʻzgarish - bu arizachining ism-familiyasi va tugʻilgan kuni qatoriga amal qilish muddati oʻtib ketmagan xorijga chiqish pasportidagi seriya raqami kiritilishidir. Yoʻriqnomada tushuntirilishicha bu turli xil firibgarlik yoʻllari bilan bir shaxs maʼlumotlarining bir martadan koʻp kiritilishining oldini oladi. Qoʻshimcha ravishda yoʻriqnomada anketa toʻldirish mutlaqo bepul ekanligi va shaxsiy maʼlumotlarni begonalarga bermaslik tavsiya qilingan. Shuningdek, fuqaro xorijga chiqish pasporti maʼlumotlarini kiritgandan keyin aynan oʻsha pasport nusxasini olib qoʻyishi, kelajakda boshqa pasport olganligi yoki pasport yoʻqolgan taqdirda olingan pasport nusxasi bilan suhbat davomida konsulga tushuntirish berishi mumkinligi taʼkidlangan", - deya izoh berdi huquqshunos.

"Grin-kart" 2019-yilning 2-oktyabridan 4-noyabrigacha oʻynaladi. Yangi qoidalarga koʻra, endi shaxsiy maʼlumotlarni toʻldirishda pasport seriya raqami ham kiritilishi shart qilib belgilangan.

Asosiy mavzular