05:42 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Yangiliklar
Havola olish
268 0 0

"Markaz – 2019": “Gʻurumsaroy” poligonida Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari hamkorligidagi qoʻmondonlik-shtab strategik oʻquvlari yakunlandi

TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Sharqiy harbiy okrugga qarashli "Gʻurumsaroy" dala-oʻquv maydonida oʻzbekistonlik va tojikistonlik harbiylar ishtirokida "Markaz – 2019" doirasida oʻtkazilgan  qoʻmondonlik-shtab strategik oʻquvlari muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Oʻquv mashgʻulotlari shartli jangarilar toʻdasini bartaraf etish stsenariysi ikki epizodli koʻrinish ostida oʻtkazildi: dastlab ikki davlat harbiylaridan iborat maxsus guruh terrorchilar tomonidan egallab olingan shartli hududni tozalash va u yerdagi garovga olingan tinch aholi vakillarini ozod etish operatsiyasini bajarishdi. Maxsus togʻ-tayyorgarlik, merganlar va vertolyot yordamida yetib kelgan ishgʻol guruhlari zirhli mashinalarda harakatlangan guruhni qoʻllab-quvvatlab turdi. Guruhlarning oʻzaro uyushqoqlik bilan harakat qilishi natijasida shartli aholi yashash xududi jangarilardan butunlay tozalanib, garovga olinganlar ozod etildi.

Mashgʻulot rejasiga asosan, ikkinchi koʻrinishda noqonuniy qurollangan shartli jangarilar guruhi Tojikiston va Oʻzbekiston chegarasida harakatlanayotgani haqida razvedka maʼlumotlari olindi. Shartli dushmanning qaysi davlat hududida ekanligi noaniqligi sabab, ikki davlat harbiylari chegara hududida bir vaqtda razvedka-qidiruv ishlarini boshlagan holda harakatlandi. Maxsus-taktik operatsiya davomida ikki davlat boʻlinmalari harbiy aviatsiya, yengil zirhlangan mashinalar va artilleriya qoʻshinlari koʻmagida jangarilar toʻdasiga qarshi puxta ishlab chiqilgan reja asosida, qoʻqqisdan keng koʻlamli zarbalar berishdi.

Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylarining birgalikda maxsus-taktik amaliyotlarni olib borishi, terroristik xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish imkoniyatini berdi, deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari oʻrtasida tashkillashtirilgan "Markaz – 2019" qoʻmondonlik-shtab strategik oʻquvlari muvaffaqiyatli yakunlandi va ishtirokchilar "Gʻurumsaroy" dala maydoniga saf tortishdi. Tadbirning tantanali yopilish marosimida Mudofaa vazirligi masʼul ofitseri polkovnik Shavkat Mamajonov, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov, Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari Bahrom Nurmatov, viloyat yoshlari, faxriylar va Tojikiston Respublikasi quriqlikdagi qoʻshinlar qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari general-mayor Ixtiyor Oxunzoda Neʼmatullo soʻzga chiqishdi.

Asosiy mavzular