20:45 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi

Press-slujba Uzavtosanoat
Yangiliklar
Havola olish
75810

Mashinalar sotuvi shu oyning oʻzida rasmiy dilerlik markazlarida qayta tiklanadi, dilerlik tarmogʻi esa ancha kengaytiriladi

TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi. 2019 yilda kompaniya Rossiyada 7-8 ming dona avtomobillarni sotmoqchi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Ravon Rossiya bozoriga hammabop, yaxshi tanilgan uchta model bilan qaytmoqda – bular "RAVON R4", "RAVON R2" va "RAVON Nexia R3" avtomobillaridir", - deyiladi xabarda.

Mashinalar sotuvi shu oyning oʻzida rasmiy dilerlik markazlarida qayta tiklanadi, dilerlik tarmogʻi esa, ancha kengaytiriladi.

"Oʻzavtomotors" AJ boshqaruvchi direktori Aleksandr Saxapov "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida brend Rossiyada avtomobillar yigʻishni yoʻlga qoʻyish ustida ishlar olib borayotgani haqida gapirib oʻtgan.

Press-slujba Uzavtosanoat
Prezentatsiya RAVON na rossiyskom rыnke

Taʼkidlanishicha, bu boradagi muzokaralar juda faol bosqichda va yil yakuniga qadar bu borada ommaga eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, taʼkidlanishicha, Ravon 2022 yilga qadar yangi sakkizta model taqdimotini oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular