05:27 12 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Donald Trump

Tramp: Xitoy oʻz harbiy qudrati bilan butun dunyoga xavf tugʻdirmoqda

© REUTERS / Joshua Roberts
Yangiliklar
Havola olish
687 0 0

Amerika prezidenti Donald Tramp fikriga koʻra, Xitoy qaysidir maʼnoda butun dunyoga tahdid solayotgani, nega deganda, u oʻz harbiy qudratini dunyoda hammadan tezroq oshirmoqda

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz harbiy qudratini jahonda hammadan tezroq oshirayotgan Xitoy "qaysidir maʼnoda" dunyoga tahdid ekanligi haqida bayonot qildi.

Xitoy qaysidir maʼnoda butun dunyoga tahdid ekani aniq, nega deganda u oʻz harbiy qudratini dunyoda hammadan tezroq oshirmoqda, toʻgʻrisini aytganda, bu ishni u amerika pullari evaziga amalga oshirmoqda", - dedi AQSH prezidenti Avstraliya bosh vaziri bilan boʻladigan muzokaralar oldidan AQSH XXRni strategik raqib, deb hisoblaydimi deya savol bergan jurnalistlarga javoban.

Tramp ikki davlat oʻrtasidagi turli adolatsiz iqtisodiy va savodo munosabatlarini nazarda tutayotganini tushuntirdi. Shu bilan bir vaqtning oʻzida Tramp soʻzlariga koʻra, Vashington va Pekin savdo boʻyicha "bitim tuzishga juda yaqinlashgan".

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyning savdo boʻyicha Vashington bilan bitim tuzishdan oʻzga chorasi yoʻq, deb hisoblaydi. Uning taʼkidiga koʻra, xitoy iqtisodiyoti katta yoʻqotishlarni boshdan kechirayotgani bois Pekin tezroq bitim haqida kelishib olishni xohlayapti. Amerika iqtisodiyoti esa, Trampning fikricha, bundan faqat yutmoqda. XXR va AQSH oʻrtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi oktyabr oyi boshlariga moʻljallangan.

Asosiy mavzular