16:30 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Melaniya Tramp pribыvayet v Biarrits vmeste s prezidentom SSHA Donaldom Trampom

Melanya Tramp Vashington haykali ochilishi marosimida sharmanda boʻldi

REUTERS / Regis Duvignau
Yangiliklar
Havola olish
2922 0 0

Amerika Qoʻshma Shtatlarining birinchi xonimi bilan taʼmirdan chiqarilgan Jorj Vashington haykalining tantanali ochilish marosimida sharmandali holat yuz berdi

TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp Amerika poytaxtida Jorj Vashington haykalining ochilish marosimi vaqtida noqulay vaziyatga tushdi. Tegishli videoyozuv Washington Examinerning Twitterdagi sahifasida eʼlon qilingan.

Kadrlarda koʻrinib turibdiki, prezidentning rafiqasi ulkan qaychilardan foydalanib, bayramona tasmani qirqishni eplay olmagan. Shu bois, u hijolat boʻlib, yonida turgan erkakka ulkan qaychini kesilmagan lenta bilan birga topshirishga majbur boʻladi.

Tantanali marosimda shahar maktabida tahsil oluvchi oʻquvchilar va amaldorlar ishtirok etishgan.

​Vashington monumenti - marmardan yasalgan uzunligi 169 metrli obeliskdir. U uch yillik taʼmirdan soʻng ochildi.

Asosiy mavzular