15:18 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vetryanыe turbinы

Oʻzbekiston investorlarni mamlakat energetika sohasini rivojlantirishga chorlamoqda

© Flickr / Floris Oosterveld
Yangiliklar
Havola olish
27210

Energetika vaziri oʻrinbosari chet ellik investorlarni eng soʻnggi texnologiyalar bilan kelishga chorladi.

TOSHKENT, 21 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston xorijiy investorlarni mamlakat energetika sohasini rivojlantirishga chorlamoqda. Bu haqda kuni kecha boʻlib oʻtgan MOMIHga aʼzo davlatlar energetika vazirlari yigʻilishida Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev aytib oʻtdi.

"Investorlar Oʻzbekistonning energetika sohasiga investitsiya kiritishlari uchun bir nechta sabablar mavjud. Birinchidan - bu kafolatlangan bozor. Elektr energiyani sotishda hech qanday katta raqobat boʻlmaydi. Ikkinchidan, davlat ikkita narsani kafolatlaydi - ishlab chiqarilgan elektr energiya toʻliq hajmda sotib olinadi hamda investitsiya qilingan mablagʻlaringizga hech kim tegmaydi. Oʻzbekistonga kelgan investor oʻz investitsiyalarini toʻliq qaytarib oladi va koʻzlagan daromadiga ega boʻladi", - dedi Xodjayev.

Energetika vaziri oʻrinbosari shuningdek, investorlarni eng soʻnggi texnologiyalar bilan kelishga chorladi.

"Agar bu texnologiyalar gaz yoqishga asoslangan boʻlsa, kelinglar, eng soʻnggi klassdagi, eng yuqori samaradorlikka ega boʻlgan turbinalarni quraylik. Agar quyosh energetikasi haqida gapirayotgan boʻlsak, u holda, eng soʻnggi klassdagi panellarni qurish haqida reja tuzaylik, chunki bu loyihalarning barchasi 20-25 yil istiqbolga moʻljallanmoqda", - deb qayd etdi Xodjayev.

Shuningdek, Oʻzbekiston har bir investor uchun ochiq ekanligi, hatto izlanish olib borishning zarurati yoʻqligi taʼkidlab oʻtildi.

"Biz barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etamiz. Xoh u regionlar boʻyicha isteʼmol prognozlari boʻlsin, xoh quyosh radiatsiyasi yoki shamollar xaritasi - barcha zarur boʻlgan maʼlumotlar beriladi. Bu kabi ishlar uchun vaqt ketkazish yoki chetdan maslahatchilar yollashning keragi yoʻq. Muzokaralar stoliga oʻtirib, loyihani hayotga tatbiq etishni boshlash kerak, xolos", - dedi vazir oʻrinbosari. 

Asosiy mavzular