07:14 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Uchastnik na spetsializirovannoy vыstavke vape-industrii, foto iz arxiva

Veyperlar orasida yangi epidemiya aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Vilf
Yangiliklar
Havola olish
767 0 0

Elektron sigaretalar oddiy tamakiga "nisbatan zararsiz" deb hisoblaydigan chekuvchilar diqqatiga. AQShda veypning birinchi qurbonlari aniqlandi.

TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. Elektron sigaretalar (veyp) tarkibidagi toksik moddalar chekuvchilar oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin, deyilgan Minnesota shtati Mayo shifokorlari oʻtkazgan tadqiqodi xulosasida radio Sputnik xabariga asosan.

“Lipidlar (mineral yogʻlar - tahr.) ahamiyatini kamaytirmasdan maʼlum qilish kerakki, veyper isteʼmolchilarida aniqlangan oʻpka shikastlanishlari - nafas olish yoʻlidagi kimyoviy pnevmonitning rivoj topayotganidan darak beradi. Pnevmonitning bu turi bir yoki undan ortiq toksik moddalarning nafas yoʻllariga singib oʻtishi bilan rivojlana boshlaydi”, - deyiladi tadqiqotda.

Nyu-York shtati Sogʻliqni saqlash departamenti AQShda shu kunlarda elektron sigaretalarining faol isteʼmolchilari orasida avj olgan oʻpka kasalliklarining sababi - chekiladigan aralashma tarkibida YE vitamini borligida, deb xabar qilgan edi. Shu bilan birga, departament xodimlari avj olgan oʻpka va nafas yoʻllari kasalliklarining sabablari toʻgʻrisida yakuniy xulosa chiqarishga hali erta, deb eʼtirof etgan.

Butun dunyoda, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida trendga aylanib borayotgan veypingning dastlabki “qurbonlari” toʻgʻrisida 2019 yil avgustida qator internet-nashrlarda maʼlumot paydo boʻlgan edi. AQShning 10 ta shtatida elektron sigaretalarning chekilishi bilan bogʻliq 12 ta oʻlim holati tasdiqlangan.

Amerikada kasalliklarni nazorat qilish va ularni oldini olish markazi (US Center of Disease Control and Prevention) 771 nafar kasallanganlar orasida oʻtkazgan tahliliga koʻra, ularning 69% - erkaklar, deyarli uchdan ikki qismi (62%) – 18 dan 34 yoshgacha; bemorlarning 22% – 18 dan 21 yoshgacha, 16% esa 18 yoshdan kichik boʻlgan yoshlar tashkil etadi.

Asosiy mavzular