15:51 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Uchastniki meropriyatiya

Xalq taʼlimi vazirligi rahbar lavozimiga tanlov eʼlon qildi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Yangiliklar
Havola olish
217 0 0

Daʼvogar magistr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot; xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori lavozimiga tanlov eʼlon qildi.

Rektor lavoziga qoʻyilgan malaka talablari: kamida magistr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot; xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; ilmiy daraja unvon; kamida besh yillik ilmiy yoki pedagogik ish staji.

Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy maqsadi xalq tizimi xodimlarining egallab turgan lavozimlari va mutaxassisligi boʻyicha kasbiy mahorati doimiy ravishda oʻsib borishini, ularning ilgʻor menejment va axborot texnologiyalari, shuningdek, boshqarishning innovatsion usullari boʻyicha kasbiy bilimlari, malaka va koʻnikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlashdir.

Asosiy mavzular