01:12 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Uzbekskiy pasport

Oʻzbekistonda 77 kundan soʻng eski namunadagi pasport oʻz kuchini yoʻqotadi

© Sputnik / Aleksey Tixomirov
Yangiliklar
Havola olish
470 0 0

Ilgariroq Toshkent IIBB xodimlari shaharda 2036 kishining  biometrik pasporti yoʻqligi, ulardan 31 nafari esa SSSR pasporti bilan yurganini aniqlagan edi.

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Eski namunadagi nobiometrik pasportning Oʻzbekiston hududida amal qilish muddatiga 77 kun qoldi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga tayanib xabar qilmoqda.

"Ushbu muddatga qadar eski namunadagi (nobiometrik) pasportni biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi", deyiladi IIBB xabarida.

Ilgariroq Toshkent IIBB xodimlari shaharda 2036 kishining  biometrik pasporti yoʻqligi, ulardan 31 nafari esa SSSR pasporti bilan yurganini aniqlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2019 yil 1 yanvar sanasidan fuqarolarga xorijga chiqishga ruxsat beradigan stiker bekor qilinib, xorijga chiqish biometrik pasporti joriy qilindi. Yangi hujjatni olish uchun fuqarolar yashash manzili boʻyicha IIV organlariga murojaat etishlari, anketa-arizani toʻldirishlari, fotosurat, pasport nusxasi va voyenkomatdan maʼlumotnoma (harbiy xizmat majburiy boʻlgan shaxslar uchun) topshirishlari kerak boʻladi.

Davlat boji - eng kam ish haqining 150%ni tashkil qiladi. Hujjat 10 kun oʻtgach tayyor boʻladi. Voyaga yetmaganlar yangi pasport bilan 5 yilgacha, 16 yoshdan kattalar - 10 yil muddatgacha chegarani kesib oʻtishlari mumkin. 

Asosiy mavzular