10:51 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
207 0 0

Surxondaryo viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari juda katta. Bu yerda yerosti boyliklar koʻp, deb taʼkidlaydi Oʻzbekiston prezidenti

TOSHKENT, 18 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Jarqoʻrgʻon tumanida barpo etilgan "Surxontsementinvest" xorijiy tsement zavodi bilan tanishdi.

Germaniya, Avstriya, Rossiya va Xitoydan zamonaviy texnologiya va uskunalar oʻrnatilgan korxonaning loyiha qiymati 144 million dollar. Hozircha zavodning birinchi bosqichi yakunlangan. Toʻliq quvvat bilan ishlay boshlagach, bu yerda yiliga 1,1 million tonna tsement ishlab chiqariladi va 750 ming tonna tsement eksport qilinadi, 1 125 kishi ish bilan taʼminlanadi. 

"Surxondaryo viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari juda katta. Bu yerda yerosti boyliklar koʻp. Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarili barcha elementlar bor. Bundan oqilona foydalanishimiz, xalqimiz manfaati uchun ishlatishimiz kerak", - deb taʼkidladi Mirziyoyev.

Shuningdek, kelgusida 12 million dollardan ziyod investitsiya jalb qilish orqali quruq qurilish aralashmalari, gidratlangan ohak, temir-beton mahsulotlari ham tayyorlash rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular