SSV bayonoti: O‘zbekistonda diabetiklar soni 245 mingdan ortiq

Obuna bo‘lish
Dunyoda 425 milliondan ortiq odam diabet bilan og‘rimoqda, ularning aksariyatini 2-tur qandli diabet tashkil qiladi. Eng achinarlisi, ularning har ikkinchisi o‘z kasalligi haqida bilmaydi. Shu bois JST qandli diabetni XXI asr epidemiyasi deb e’lon qilgan

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. O‘zbekistonda diabetli bemorlar soni 245 mingdan oshga. Ularning 2,3 mingdan ortig‘ini bolalar va 879 nafarini o‘smirlar tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Diabet o‘zbekcha - Sputnik O‘zbekiston
Qandli diabet haqida nimalarni bilish kerak?

Bugun Toshkentda "XXI asr qandli diabeti. Global muammolar. Mahalliy yechim" mavzuyida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Ttadbirda Rossiya, AQSh, Gruziya va Ukrainaning shu sohadagi yetuk mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoda 425 milliondan ortiq odam diabet bilan og‘rimoqda, ularning aksariyatini 2-tur qandli diabet tashkil qiladi. Eng achinarlisi, ularning har ikkinchisi o‘z kasalligi haqida bilmaydi. Ushbu muammoning dolzarbligini hisobga olgan holda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qandli diabetni XXI asr epidemiyasi deb e’lon qilgan.

"O‘zbekistonning qator hududlarida o‘tkazilgan skrining natijalariga ko‘ra, aslida diabetli bemorlar soni rasmiy statistikadagidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu esa endokrinologlarni ushbu masalaga jiddiy yondashishga, kasallikni erta aniqlash, davolashning innovatsion usullardan foydalanishga undaydi. Ushbu ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi qandli diabet muammosiga endokrinolog, nevrapotolog, okulist, qon-tomir jarrohi kabi mutaxassislarning e’tiborini jalb qilish va birgalikda yagona, zamonaviy yondashuvlar ishlab chiqish, tajriba almashishdan iborat", - deyiladi xabarda.

Vrachi posle operatsii po transplantatsii pochki patsiyentu s diabetom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qandli diabet bilan xastalangan bemorga buyrak ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yaxshilash, endokrin kasalliklarni oldini olish, erta tashxislash va davolash maqsadida Milliy dastur, chora-tadbirlar kompleksi, "Yo‘l xaritasi" loyihasi tayyorlandi, shuningdek, Milliy dasturning 2019 – 2023-yillarga mo‘ljallangan asosiy vazifalari belgilangan.

Ta’kidlanishicha, qandli diabetning surunkali asoratlarini kamaytirish, ularni yuzaga kelishini kechiktirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan onlayn-registr ishlab chiqilmoqda. Viloyatlarda 45 yoshdan oshgan aholi orasida qandli diabet skriningi o‘tkazilmoqda.

Anjuman doirasida Andijon, Buxoro, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida ham qandli diabet va uning asoratlarini tashxis qilish va davolashga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumlar bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, hududlardagi endokrinologlar uchun poytaxtda bo‘lib o‘tayotgan anjumandagi chiqishlarning onlayn-translyatsiyasi tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0