ShHT davlatlari maxsus xizmatlari 2018-yilda 600dan ortiq terrorchilarni qo‘lga oldi

© Sputnik / Valeriy Yarmolenko / Mediabankka o‘tishOperativno-strategicheskie komandno-shtabnie ucheniya spesslujb stran ShOS
Operativno-strategicheskie komandno-shtabnie ucheniya spesslujb stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT maxsus xizmatlari tomonidan 2018-yilda tayyorgarlik bosqichida 360 dan ortiq teraktlar va diniy-ekstremistik xarakterga ega jinoyatlar oldi olingan, 170 dan ortiq qo‘lbola portlovchi qurilmalar olib qo‘yilgan, ekstremistik kontentga ega 165 mingta sayt bloklangan.

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari maxsus xizmatlari 2018-yilda 600dan ortiq xalqaro terroristik va diniy-ekstremistik tashkilotlar ishtirokchilarini qo‘lga oldilar, deb bayonot qildi ShHT MATT ijroiya direktori Jumaxon G‘iyosov.

11 oktabrya 2019. Zasedanie Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev, Rahmon va Jeenbekov Markaziy Osiyoda terrorizm tarqalmoqda deb aytishdi

G‘iyosov 15-17 oktabr kunlari Rossiyaning Sochi shahrida FSB sheriklari bo‘lgan - maxsus xizmatlar, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari majlisida ishtirok etdi. MATT saytida juma kuni uning nutqi e’lon qilindi.

"Xalqaro terroristik tashkilotlar va ularga birikkan tuzilmalar faoliyati haqida faol ravishda ma’lumot almashilganlik natijasida tomonlarning kompetent organlari 2018-yilda 600dan ortiq xalqaro terroristik va diniy-ekstremistik tashkilotlar a’zolarini qo‘lga oldilar", - deb xabar qildi G‘iyosov.

MATT ma’lumotlariga ko‘ra, ShHT maxsus xizmatlari o‘tgan yilda tayyorgarlik bosqichida 360 dan ortiq teraktlar va diniy-ekstremistik xarakterga ega jinoyatlarning oldini olganlar, 170 dan ortiq qo‘lbola portlovchi qurilmalarni olib qo‘yganlar, terroristik va ekstremistik kontentga ega bo‘lgan 165 mingta internet-resurslarni bloklaganlar.

ShHT - 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yetakchilari tomonidan asos solingan xalqaro tashkilotdir. 2017-yilning 9-iyunida Ostonada o‘tkazilgan ShHT sammitida ShHT a’zo-davlatlari yetakchilari tashkilotga Hindiston va Pokistonni qo‘shish qarorini imzoladilar. Ayni damda Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega. Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka sherik-davlatlardir. MATT shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0