Oliy Majlis "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZasedanise senata Oliy Majlis
Zasedanise senata Oliy Majlis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasida aholini ro‘yxatga olish hujjatlarini yaratish, tasdiqlash, saqlash, aholi to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish tartibini aniqlash, ro‘yxatga olish natijalarini shakllantirish hamda ularni tarqatish kabi jihatlar o‘z aksini topgan

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish qonun bilan amalga oshiriladi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy saytida.

O‘zbekistonda 30-yilda ilk bor aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekiston 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ammo mamlakatda uni o‘tkazish tamoyillari, tashkiliy uslublarini aniqlash, qayta ishlash, umumlashtirish, natijalaridan foydalanish va tarqatish, aholini ro‘yxatga olish subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha huquqiy asos yaratilmagan.

Shu bois, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019-yil 18-oktabrdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan, "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi qonun loyihasining birinchi o‘qishdagi muhokamasi qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

"Aholini ro‘yxatga olishni qonun yo‘li bilan tartibga solishdan maqsad demografik, ijtimoiy-iqtisodiy statistik ma’lumotlarni shakllantirish, kelgusida ulardan milliy, mintaqaviy hamda xalqaro miqyosda keng foydalanishdir", - deyiladi xabarda.

Qonun loyihasida aholini ro‘yxatga olish hujjatlarini yaratish, tasdiqlash, saqlash, aholi to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish tartibini aniqlash, ro‘yxatga olish natijalarini shakllantirish hamda ularni tarqatish kabi jihatlar o‘z aksini topgan.

Hujjat loyihasini ishlab chiqishda Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston, Tojikiston, Moldova, Buyuk Britaniya, Litva, Latviya kabi qator davlatlar tajribasi o‘rganilgan.

Xalq vakillarining qayd etishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi aholi tarkibidagi global o‘zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog‘ligini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0