14:51 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Kak vыglyadit kuzina Zemli Kepler 452b iz sozvezdiya Lebedya. Animatsiya NASA

Yerga kilometr kattalikdagi asteroid yaqinlashmoqda

© Ruptly .
Yangiliklar
Havola olish
1021 0 0

NASA maʼlumotiga koʻra, obʼyekt 25 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan 20.21da Yerga juda yaqin masofaga keladi

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Kattaligi 400 metrdan 1 kilometrgacha boʻlgan Asteroid 162082 (1998 HL1) 25 oktyabr kuni Yerga yaqinlashadi. Bu haqda yer oldi obʼyektlarini tadqiq qilish markazi - NASA xabar bermoqda.

NASA maʼlumotiga koʻra, obʼyekt 25 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan 20.21da Yerga juda yaqin masofaga keladi.

Asteroid Yer sayyorasiga tahdid solmaydi. U sayyoradan Oygacha boʻlgan 16ta masofaga teng yaqinlikda oʻtadi. 

Asteroid "Apollonlar" guruhiga mansub. U 1998 yilning 18 aprelida kashf qilingan. Bu guruhda jami 5 mingdan ortiq asteroidlar maʼlum.

Asosiy mavzular