13:32 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
434 0 0

Samaraga qoʻnishni amalga oshirgan samolyotni reanimatsiya avtomobili va tez yordam mashinasi kutib olgan, yoʻlovchiga zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan va u zudlik bilan shahardagi kasalxonalarning biriga yotqizilgan.

TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Sankt-Peterburgdan Urganchga tomon uchgan samolyot, yoʻlovchilardan birining salomatligi yomonlashgani bois, Samarada majburan qoʻndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Toʻrtinchi noyabr kuni Kurumoch xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg-Urganch 638 reysini amalga oshirayotgan samolyot majburan qoʻnishni amalga oshirdi. Majburan qoʻnish sababi - bortdagi yoʻlovchining sogʻligʻi yomonlashgan", - deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.

Samaraga qoʻnishni amalga oshirgan samolyotni reanimatsiya avtomobili va tez yordam mashinasi kutib olgan, yoʻlovchiga zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan va u zudlik bilan shahardagi kasalxonalarning biriga yotqizilgan.

Suhbatdosh soʻzlariga koʻra, Moskva vaqti bilan 14-20da samolyot belgilangan manzil sari yoʻl olgan.

Asosiy mavzular