18:58 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
323 0 0

Oʻzbek deputatlari tomonidan volontyorlik sohasida tegishli qonunchilik yoʻqligi yoshlarni davlat siyosati va milliy mentalitetga mos kelmaydigan qadriyatlar asosida «birlashtirish»ga faol harakat qiluvchi xorijliklarga «keng maydon» yaratib berishi mumkin deya qayd etilmoqda.

TOSHKENT, 6 noyab - Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 6 noyabrda oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishida deputatlar «Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.

Oʻzbekistonda bugungi kunda 80 dan ziyod yirik professional volontyorlik tashkilotlari mavjud.

Deputatlar tomonidan volontyorlik (koʻngillilik) ijtisoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot bobida katta salohiyatga ega institut sifatida eʼtirof etilib, koʻngillilik, ayniqsa, yoshlarni jamiyat hayotiga faol kirishish jarayonlariga koʻmaklashishga, zarur ish tajribasini toʻplashga, mehnat bozori talablari boʻyicha malaka va koʻnikma hosil qilishga, ijtimoiy munosabatlarda ularning faolligini oshirishga turtki berishi taʼkidlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Lyudmila Koshelapovaning qayd etishicha, «respublikada koʻngillilik faoliyati, tegishli tushunchalar majmui va ushbu faoliyatni amalga oshirish tartiblari mustahkamlangan, garchi ushbu faoliyat qonun hujjati bilan tartibga solinmagan boʻlsa-da, u amalda Oʻzbekistonda rivojlanib kelmoqda».

Ayrim sotsiologik tadqiqotlar natijalariga koʻra, qariyb 90 foiz nodavlat notijorat tashkilotlar oʻz faoliyatini amalga oshirishda koʻngillilardan unumli foydalanadi. Ularning eng faollari – Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Qizil yarim oy jamiyati, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi qayd etildi.

«Oʻzbekistonda qonuniy asosga ega boʻlmasa-da, koʻngillilar faoliyati yetarlicha rivojlangan. Qonunchilikdagi bunday koʻrinishdagi boʻshliq turli toifadagi shaxslarga, shuningdek, mamlakat yoshlarini mazkur yoʻnalishda davlat siyosati va milliy mentalitetimizga mos kelmaydigan qadriyatlar asosida «birlashtirish»ga faol harakat qiluvchi xorijliklarga «keng maydon» yaratib beradi. Qolaversa, tegishli qonun hujjatlari majmuining yoʻqligi koʻngillilarning huquqlari va majburiyatlari, ularning ijtimoiy himoyasi, munosib mehnat sharoitlarining kafolatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, NNT va OAV bilan hamkorlik mexanizmlari toʻgʻrisidagi masalalarni ochiq qoldirmoqda», deya taʼkidladi L.Koshelapova.

Mazkur qonun loyihasinnig qabul qilinishi koʻngillilik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni qonuniy tartibga soladi, koʻngillilik faoliyati toʻgʻrisida yagona qonuniy tushunchalar majmuini shakllantiradi, koʻngillilik faoliyatini yanada faollashtirishni ragʻbatlantiradi.

Loyiha bilan Adliya vazirligi tomonidan koʻngillilar faoliyatini roʻyxatga olish reyestri joriy qilinib, muntazam ravishda yangilab borilishi, «Koʻngillilik shartnomasi»ni amaliyotga joriy qilinishi koʻzda tutilgan.

Qonun loyihasi uch oʻqishda qabul qilindi va Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun yuborildi.

Asosiy mavzular