19:04 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
77 0 0

Oʻzbekistonda oʻtgan 10 oy davr ichida 203 holatda daraxtlarning noqonuniy kesilishi holatlari aniqlangan.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. 2019 yilning oʻtgan oʻn oyi davomida Oʻzbekistonda 4955ta daraxt kesilgan, deya bayonot qildi Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi Nodir Yunusov. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

Mamlakatda yashil hududlarni kengaytirish mavzusiga bagʻishlangan matbuot-anjumanida taʼkidlanishicha, oʻtgan 10 oy davomida mamlakatdagi davlat xizmatlari markazlariga 32 mingga yaqin daraxtlarni kesish boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. 

Bu murojaatlarning 4955ta (15-17%) holatida daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan. Qolgan 80% holatda daraxtlar kesilishdan saqlab qolingan.

Qoʻmita raisining aytishicha, Toshkent shahrida bugungi kunda daraxtlarni "yoppasiga kesish masalalari" koʻzga tashlanmayapti.

Oʻtgan 10 oy davr ichida 203 holatda daraxtlarning noqonuniy kesilishi holatlari aniqlangan.

Daraxt kesilishi huquqbuzarligi borasida fuqarolardan maʼlumot olishni tezlashtirish uchun "EcoControl-bot" tashkil etilgan.

Hisobot davomida telegrammdagi botga 123ta murojaat kelib tushgan. Shundan 68ta murojaat boʻyicha holat joyiga chiqib oʻrganilgan. Aniqlangan noqonuniy holatlarga nisbatan 22,5 mln soʻmlik maʼmuriy choralar koʻrilgan.

Asosiy mavzular