22:16 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
582 0 0

Chorshanba kunidan boshlab Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi tojikistonlik hamkasblar bilan muntazam aloqada boʻlib turibdi

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Chorshanbaga oʻtar kechasi "Ishqobod" chegara postiga terroristlar hujum qilganiga qaramay, Tojikiston chegarasidagi oʻzbek nazorat oʻtkazish punktlari, odatiy tartibda ishlamoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mamlakat milliy xavfsizligi davlat qoʻmitasi chegara qoʻshinlari boshqarmasiga tayangan holda.

"Oʻzbek chegarachilari chorshanbadan boshlab, Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegarada uchastkalar qoʻrigʻini kuchaytirdi, lekin tojik-oʻzbek chegarasida nazorat-oʻtkazish punktlari odatiy tartibda ishlamoqda", - dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning soʻzlariga koʻra, ikki mamlakat chegarasida joylashgan 17ta nazorat-oʻtkazuv punktlaridan oʻtish odatiy kechmoqda.

Shuningdek, qoʻshimcha qilinishicha, Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi tojikistonlik hamkasblar bilan doimiy aloqada.

Eslatib oʻtamiz, chorshanbaga oʻtar tunda Tojikistonning Oʻzbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga 20 nafar niqobli kishilar hujum qilib, u yerdan 5ta avtomat oʻqotar qurolni egallab olishgan edi.

Oʻtkazilgan maxsus operatsiya natijasida ularning 15 nafari yoʻq qilinib, 5 tasi qoʻlga olingan. Hodisa tafsilotlari bilan Sputnik Oʻzbekiston infografikasida tanishing.

Asosiy mavzular