19:24 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
8010

Muloqot davomida Vologda viloyati bilan oʻzaro tovar aylanmasi 100 mln. AQSH dollari miqdorida ekanligi qayd etildi va bu koʻrsatkichni kamida besh barobargacha koʻpaytirishga kelishib olindi.

TOSHKENT, 7 noyab – Sputnik. Kuni-kecha Toshkent shahar hokimligida Rossiya Federatsiyasi Vologda viloyatidan tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Muloqot davomida oʻzaro aloqalar neft, gaz va telekommunikatsiya sohalarida yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, hozirda  hamkorlik koʻlami kengayganligi taʼkidlab oʻtildi.  Xususan, Vologda viloyati bilan  oʻzaro tovar aylanmasi 100 mln. AQSH dollari miqdorida ekanligi qayd etildi va bu koʻrsatkichni kamida besh barobargacha koʻpaytirishga kelishib olindi.  

Vologda viloyati gubernatori oʻrinbosari Vitaliy Tushinov savdo-iqtisodiy, sanoat va qurilish yoʻnalishidagi hamkorlik boʻyicha mulohazalarini bayon etar ekan, qurilishda yogʻochli binolarni barpo qilish taklifini bildirdi. Taxtani qayta ishlash, qandolatchilik, ekologik toza kiyimlar ishlab chiqarish hamda baliqchilik boʻyicha oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish ikki tomon uchun ham ahamiyatli ekanligi rossiyalik delegatlar tomonidan maʼlum qilindi.

Asosiy mavzular