O‘zbekistonda energiya samaradorligi oyligi o‘tkazilmoqda

© Energetika vazirligiO‘zbekistonda energiya samaradorligi oyligi
O‘zbekistonda energiya samaradorligi oyligi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirlarda mahalliy va xorijiy energiya tejaydigan uskunalar ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

TOShKENT, 7 noyab – Sputnik. Joriy yil 15-noyabrgacha Energetika vazirligi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan respublikaning barcha viloyatlarida energiya samaradorligiga bag‘ishlangan qo‘shma savdo yarmarkalari va davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirlarning asosiy maqsadi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha respublika bo‘ylab joriy etilayotgan va rejalashtirilgan chora-tadbirlar bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirishdan iborat.

Birinchi davra suhbatlari va savdo yarmarkalari Nukus, Urganch, Namangan, Farg‘ona, Buxoro kabi shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Noyabr oxiriga qadar tadbirlar Navoiy, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Nurafshon (Toshkent viloyati), Termiz, Guliston va Jizzaxda rejalashtirilgan.

O‘rtacha har bir shaharda savdo yarmarkasi va davra suhbatlarida 300 dan 500 tagacha ishtirokchilar qatnashayotganligi xabar qilinmoqda. Tadbirlarda mahalliy energiya tejaydigan uskunalar ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Savdo yarmarkasida ishtirok etayotgan kompaniyalar qatorida «Elektroapparat” kompaniyalar guruhi, «Quyosh Issiqlik Enerjiasi” qo‘shma korxonasi, «Artel” kompaniyalar guruhi, «E-cover», «Mega Trans Energy» MChJ, QIE solar technology», «Endüstriyel Elektrik», «Solar Power», MChJ, OFTOB NUR MChJ Artel kompaniyalar guruhi, High light technology, Solar Sity Solutions MChJ, Vitech kompaniyalar guruhi, Panelplast QK MChJ va boshqalar.

Yarmarkalardan so‘ng davra suhbatlari bo‘lib, unda viloyat, shahar va tuman hokimliklari rahbarlari, tadbirkorlar, hududiy va viloyat elektr tarmoqlari va gaz ta’minoti korxonalari rahbarlari, sanoat korxonalari, ishtirok etuvchi banklar, shuningdek OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0