“Lazzatli O‘zbekiston”-2019 Xalqaro kulinar chempionatiga start berildi

© Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi“Lazzatli O‘zbekiston” 2019 Xalqaro kulinar chempionati
“Lazzatli O‘zbekiston” 2019 Xalqaro kulinar chempionati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbek nonushtasi”ni jahon brendiga aylantirish, milliy taomlarini jahon miqyosida targ‘ib etish, respublika mohir oshpazlarini dunyoga tanitish kabi maqsadlar chempionat kun tartibida.

TOShKENT, 7 noyab – Sputnik. “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar maydonida “Lazzatli O‘zbekiston” 2019 (Delicious Uzbekistan) Xalqaro kulinar chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Mejdunarodnaya turisticheskaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
"Ipak yo‘lidagi turizm" Xalqaro yarmarkasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Mazkur tadbir O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro darajadagi ilk kulinar chempionat bo‘lib, uni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekistonning milliy taomlarini jahon miqyosida targ‘ib etish, respublika mohir oshpazlarini dunyoga tanitish, mamlakatda gastronomik turizmni jadal rivojlantirish va bu yerga sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda “O‘zbek nonushtasi”ni jahon brendiga aylantirishdan iboratligi qayd etib o‘tildi.

Turizm xizmatlari eksporti 1 milliard dollardan oshdi – Akkulov

AQSh, Osiyo, Yevropa, MDH mamlakatlaridan 200 dan ziyod professional oshpazlarni o‘ziga jam qilgan mazkur chempionat Xalqaro maqomga ega bo‘lib, Butunjahon oshpazlar assotsiatsiyasi xalqaro musobaqalari jadvaliga kiritildi.

UzAirways vnov priznana aviakompaniyey s samoy vkusnoy yedoy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Havo yo‘llari Rossiyada “eng mazali” xorijiy aviakompaniya bo‘ldi

Xorijiy mehmonlar orasida Jahon oshpazlar uyushmasining prezidenti Gugler Tomas Andreas va Jahon islom davlatlari uyushmasining bosh kotibi Ali Naaman Trabolsi ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ko‘magi ostida joriy yil 8-noyabrga qadar o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0