17:44 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Respublikanskiy forum liderov

Toshkentda Respublika sardorlar forumi ish boshladi

senat.uz
Yangiliklar
Havola olish
165 0 0

Oʻzbekiston senati tashabbusi bilan respublika Yoshlar ittifoqi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyati qayta tiklanishi mumkinligi maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 7 noyab - Sputnik. Yoshlar ijod saroyida kuni-kecha Respublika sardorlar forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oliy majlis senati matbuot markazi xabar qiladi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati raisi Tanzila Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Saʼdullayev ochib berdi.

Qatnashchilar orasida Yoshlar ittifoqi va Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti faollari hamda OAV xodimlari.

Senat raisi: Oʻzbekistonda rus tilini ommalashtirish ishlari keng targʻib etiladi

Forum davomida tashkilot sardorlarining faoliyati sarhisob qilindi. Yosh sardorlar oʻz hisobotlarida sohalaridagi yutuqlari, muammo va kamchiliklar hamda kelgusidagi maqsadlari xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Oliy Majlis senati rahbari respublika “Kamalak” sardorlar forumida soʻzga chiqar ekan, yoshlarga  murojaat qilib, ularni deputatlar va senatorlar bilan birga qonun ijodkorligi faoliyatida faol qatnashishga chaqirdi.

“Sizning fikrlaringiz tinglanishi, manfaatlaringiz hisobga olinishi muhim. Buning uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini tiklashni taklif qilaman”, –  dedi Oliy Majlis Senati Raisi. 

Jonli muloqot soʻngida “Amir Temur” nomli ilk gologramma spektakli namoyish etildi.

Asosiy mavzular