TOSHKENT, 8 noya - Sputnik. Oʻzbekiston hududi ustida bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq antitsiklon chekinishni boshlaydi, bu kechki sovuqlarning biroz pasayishi va kunduzgi haroratning ozgina koʻtarilishiga olib keladi, deb xabar qilmoqda "Oʻzgidromet".
Taʼkidlanishicha, 9-10 noyabr kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Kechasi harorat 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.
"Yakshanbada Qozogʻiston hududi boʻylab navbatdagi sovuq havo oqimi oʻtadi. Respublikamiz ana shu sovuq oqim chegarasida boʻladi. Shu sababli bulutlar koʻpayib, harorat 2-3 darajaga bir oz pasayadi", - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, sal oldin Oʻzbekiston TIV Qozogʻistonga yoʻl olgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqqani haqida xabar qilgan edik.