18:26 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Chelyabinskaya veterinarnaya stantsiya

Nukusda Veterinariya texnikumi tashkil etildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk
Yangiliklar
Havola olish
92 0 0

Prezident qaror bilan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya texnikumi tashkil etildi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish boʻyicha komissiya tashkil etildi.

Chorvachilikni rivojlantirishdagi tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, chorvachilik sohasiga aholini keng jalb qilish, ularning chorvachilik bilan shugʻullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish Komissiyaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qaror bilan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya texnikumi tashkil etildi.

Qarorga koʻra, Filial bakalavriatiga 2020/21-2022/23 oʻquv yillarida qabul parametrlarini shakllantirishda Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida 5 yil ishlab berish sharti bilan ushbu tumanlar boʻyicha davlat granti asosida alohida maqsadli qabul koʻrsatkichlari nazarda tutiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda veterinariya sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan OTM filiali ish boshlashi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular