12:23 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Rukopojatiye

Oʻzbekiston va Rossiya prokuraturalari oʻrtasida hamkorlik kuchayadi

© CC0 / pixabay
Yangiliklar
Havola olish
93 0 0

Rossiya va Oʻzbekiston prokuraturalari kadrlarini tizimli oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohalarida tajriba almashish orqali hamkorlikni rivojlantirmoqchi

TOSHKENT, 13 noya - Sputnik. Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev rossiyalik hamkasbi - RF bosh harbiy prokurori Valeriy Petrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda idora matbuot-xizmati.

"Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, avvalo, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashdilar", - deyilgan xabarda.

Shuningdek, tomonlar oʻzlariga qiziq boʻlgan keng koʻlamli masalalarni muhokama qilib, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashganlar.

Oʻzbekiston tomoni Rossiya delegatsiyasining tashrifini ikki davlat prokuraturalari oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea deb qayd etgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirganlar. Xususan, jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash hamda prokuratura kadrlarini tizimli oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohalarida tajriba almashish orqali hamkorlikni rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular