O‘zgidromet atmosferada tarqalgan zararli moddalar haqida bayonot berdi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishDvijenie transporta v gorode Tashkente
Dvijenie transporta v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n beshinchi va o‘n oltinchi noyabr tongida Toshkent shahridagi havo atmosferasida zararli moddalarning kam miqdorda tarqalishi xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. 15-16 noyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratadi, deb xabar qildi O‘zgidromet.

O‘zgidromet Toshkent tumanlarida havo nimadan ifloslanganini ochiqladi

Toshkentda havoning ifloslanganligi ko‘rsatkichlari shaharda keng ko‘lamda olib borilayotgan qurilish ishlari tufayli normadan oshib ketgan, deb ta’kidlagan Davlat ekologiya qo‘mitasi vakili Umidjon Abdujalilov MSK xalqaro matbuot-markazida chiqishi vaqtida.

Xabarda aytilishicha, 12-13 noyabr tongida Toshkent shahrida statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, Yakkasaroy, Mirobod, Qibray tumanlarida havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan meyor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan. Tumanlarda zot dioksidi bo‘yicha: REM b.m. dan yuqori 4 holat kuzatilgan.

Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlarda, zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan meyordan yuqori bo‘lgani kuzatilmagan.

Shuningdek, O‘n beshinchi va o‘n oltinchi noyabr tongida Toshkent shahridagi havo atmosferasida zararli moddalarning kam miqdorda tarqalishi xabar qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyo bo‘ylab havoning ifloslanish va sifat darajasini tekshiruvchi The World Air Quality Index  - eng yirik havo onlayn-monitoringiga ko‘ra, Toshkent havosi ifloslangan shaharlar ichida ikkinchi o‘rinni olgan edi. Havoni o‘lchaydigan maxsus datchiklar dunyoning turli davlatlaridagi poytaxtlar va shaharlarda AQSh elchixonalarida o‘rnalitlgan.

Yangiliklar lentasi
0