17:44 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Turetskaya politsiya

Turkiya Germaniya va Buyuk Britaniyaga sakkiz nafar "ID" jangarisini deport qiladi

© AFP 2018 / LYAS AKENGIN
Yangiliklar
Havola olish
296 0 0

Turkiya "Islom davlati" jangarilarini ular tugʻilib oʻsgan mamlakatlarga, u davlat terrorchini qabul qilishni xohlashi yoki xohlamasligidan qatʼiy nazar yuborishga ahd qilgan.

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. Turkiya payshanba kuni turk harbiylari tomonidan qoʻlga olingan sakkiz nafar "ID" jangarilarini GFR va Buyuk Britaniyaga chiqarib yubordi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Turkiya IIV matbuot-xizmatiga tayangan holda.

""ID" terrorchilarini ular tugʻilib oʻsgan mamlakatlarga deportatsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Ayni vaqtda Buyuk Britaniyadan bir nafar va Germaniyadan yetti nafar jangarilarning Turkiyadan chiqarib yuborilishi boʻyicha barcha zarur jarayonlar nihoyasiga yetgan", - deyiladi idora xabarida.

Sal oldin Turkiya IIV rahbari Suleyman Soylu shu hafta dushanba kunidan boshlab "ID" jangarilari oʻz tugʻilgan mamlakatlariga deportatsiya qilinishi haqida eʼlon qilgan edi. Kelib chiqishi amerikalik boʻlgan "ID"ning birinchi aʼzosi Misrga yuborilgan edi, ammo Misr hukumati uni qabul qilmadi. Ayni vaqtda u ikki davlat oʻtkazish nazorat punktlari oʻrtasidagi neytral hududda qolmoqda. Sal keyin Turkiya IIV AQSH jangarini qabul qilish boʻyicha kafolat bergani haqida xabar berdi.

Asosiy mavzular