18:17 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Predsedatel Komiteta jenщin Uzbekistana Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Yangiliklar
Havola olish
157 0 0

Sankt-Peterburgga ashrif doirasida "Qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish" davra suhbati majlisi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Senat Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oliy Majlis delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo assambleya kengashida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Senat matbuot-xizmati.

"Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Raisining taklifiga binoan joriy yil 20-22 noyabr kunlari Tanzila Narbayeva rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi", - deyilgan xabarda.

Tashrif doirasida delegatsiya MDH PA Kengashining navbatdagi majlisida va MDH PAning elliginchi yalpi majlisida ishtirok etadi. Shuningdek tashrif doirasida "Qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish" davra suhbati majlisi boʻlib oʻtadi.

Mazkur tadbirda qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish, bu sohada muvaffaqiyatli strategiyalar va dasturlarni amalga oshirish yuzasidan tajriba almashish masalalari koʻrib chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyi boshida Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida, Matviyenko, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasidagi hamkasblari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Rossiya parlamenti yuqori palatasi rahbari, shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi.

Oʻzbekiston 2018 yilning noyabr oyida MDH PA konventsiyasini imzolagan. 2019 yilning mart oyida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu hujjatni ratifikatsiya qilgan.

Asosiy mavzular