IIBB Chimonga yo‘l olgan yo‘lovchilarga murojaat qildi

© FlickrAvtomobilnaya doroga
Avtomobilnaya doroga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hafta davomida respublikada yomg‘ir, qor yog‘ishi va sovuq havo harorati kutilmoqda. Bu esa yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lishiga olib keladi.

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Toshkent IIBB barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish vaqtida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni so‘ramoqda.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
“Toshkent-Chimon” avtomobil yo‘lida jarlikka qulagan avtobus bo‘yicha ma’lumot berildi

"Dovon yo‘lida harakatlanadigan har qanday transport vositasi eng avvalo texnik soz bo‘lishi lozim. Bunda, shinalar va isitish moslamasi, rul boshqaruvi hamda tormoz tizimlariga alohida e’tibor berilishi zarur. Dovon tomon yo‘lga otlangan haydovchilardan o‘zlari va o‘zgalarning xavfsizligi uchun ushbu qoidalarni unutmasliklarini eslatib o‘tamiz. Shundagina tog‘li yo‘llar xatarsiz va ravon bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

IIBB xabarida qayd etilishicha, sirpanib tepalikka chiqa olmayotgan aksariyat avtomobillar qish mavsumga tayyorlanmagan. Ko‘pchilik haydovchilar yozgi shinalarni qishkisiga almashtirishmagan. Ayrimlarining shinalari xizmat qilish muddatini o‘tab bo‘lgan. Bu esa tog‘li yo‘lda, qor yog‘ganda ma’lum qiyinchiliklarni, muammolarni keltirib chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0