O‘zbekiston vakili WASCO federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti etib saylandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanov Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati WASCO federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylandi

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. O‘zbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanov Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati WASCO federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Glava Assotsiatsii smeshannix boyevix iskusstv Otabek Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Otabek Umarov aralash jang san’ati assotsiatsiyasining maqsadi haqida gapirdi

Xabarda aytilishicha, shu kunlarda Toshkentda taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Butunjahon yakka kurashlari va jang san’ati prezidenti, professor Jianni Saritsu ham ishtirok etgan. Musobaqalar yakunida professor O‘zbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanov Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati WASCO federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylangani haqida e’lon qilgan.

Shuningdek, Saritsu Laziz Hasanovga qora belbog‘ 9-DAN sohibini anglatuvchi maxsus sertifikatni ham topshirgan.

Shuningdek, G‘ofurjon Abduvaliyev O‘zbekiston WASCO federatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Yangiliklar lentasi
0