Afg‘onistonlik yana bir guruh yoshlar ta’lim olish uchun O‘zbekistonga keldi

© Wakil KOHSAR / AFPAfganskie devushki
Afganskie devushki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonlik yoshlardan 119 nafari O‘zbek tili va adabiyoti, 18 nafari Akusherlik va hamshira ishi hamda 10 nafari Yer usti transport tizimlari va ekspluatatsiya, lokomotiv va vagonlar ishi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishadi.

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. Oliy ma’lumot va va malakali mutaxassis bo‘lish istagidagi 147 nafar afg‘onistonlik yoshlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Afg‘on delegatsiyasi "Hayraton" chegara postida tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda OTV matbuot-xizmati.

Afganskaya molodej - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonlik Asila: O‘zbekistonga kelib tinchlik nimaligini his etdim

Afg‘on yoshlari prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘on fuqarolarini o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim markazida tahsil olishadi.

Ularning 119 nafari O‘zbek tili va adabiyoti, 18 nafari Akusherlik va hamshira ishi hamda 10 nafari Yer usti transport tizimlari va ekspluatatsiya, lokomotiv va vagonlar ishi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishadi, deb ta’kidlangan xabarda.

Talabalarga mashg‘ulotlar olib borish uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasidan professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

Mehmonlarni kutib olish marosimida O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov, AIR Termiz shahridagi konsuli S.Sakandariy, AIR Oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari A.Hoshimiy, viloyat hokimligi rahbarlari va boshqalar ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0