15:23 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Mejdunarodnыe nablyudateli Mejparlamentskoy assamblei SNG pribыvshiye v Uzbekistan dlya nablyudeniya i monitoringa vыborov v Zakonodatelnuyu palatu Oliy Majlisa 2 dekabrya 2019 goda proveli vstrechu s rukovodstvom TSIK

Abdusalomov MSK tanqidlar uchun ochiqligini eʼtirof etdi

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Yangiliklar
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (30)
144 0 0

Ularni hammasini oʻrganmoqdamiz, xaqiqatda oʻrinli tanqid boʻlsa toʻgʻrilashga harakat qilyapmiz", - dedi Abdusalomov.

TOSHKENT, 2 dek - Sputnik. MDH parlamentlararo Assambleyasi xalqaro kuzatuvchilari bilan uchrashuv davomida Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulugʻ Abdusalomov tanqidiy materiallar va tanqid borasida fikrlarini bildirib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Tanqid bor. Biz uni qabul qilamiz, chunki bu ijobiy hol. Tanqid jamiyat erkinligini anglatadi - demak, bu ishga erkin yondoshiladi, jamiyat erkin fikrlaydi. Fikrlar rang-barangligi – bu qiziq. Balki, haqiqatda mutaxassislar tor yoʻldan ketayotgan boʻlishi mumkin, shu bois tanqidiy holatlarga kengroq qarashimiz kerak. 2018 yil 20 sentyabridan to bugungi kungacha taxminan 32 ming atrofida materiallar chop etilgan boʻlsa, shundan 2,5 mingtasi tanqidiy mazmundagi maqolalar va munosabatlardir. Ularning hammasini oʻrganmoqdamiz, xaqiqatda oʻrinli tanqid boʻlsa, toʻgʻrilashga harakat qilyapmiz", - dedi Abdusalomov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 22 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va tuman mahalliy kengash xalq deputatlari saylovlari oʻtkaziladi. Hozirda YEHXT va BMT xalqaro kuzatuvchilar oʻz ish faoliyatini boshlagan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (30)

Asosiy mavzular