"Bolalarni himoyalaymiz": O‘zbekiston o‘qituvchilar uchun litsenziya tizimini joriy etmoqchi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishShkolniki
Shkolniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Litsenziyaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning maoshlari bunday hujjatga ega bo‘lmagan mutaxassislarga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi

TOShKENT, 3 noya - Sputnik. 2021 1-yanvar sanasidan boshlab O‘zbekistonda bosqichma-bosqich o‘qituvchilarni litsenziyalash tizimi joriy etiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar o‘qituvchi bo‘lishni istaydi – XTV

"Xalq ta’limi muassasalari rahbarlari uchun davriyligi 3-yildan iborat, o‘qituvchilar uchun davriyligi 5-yildan iborat majburiy kasbiy litsenziyalash tartibi bosqichma-bosqich joriy etilishi ko‘zda tutilgan", - deb xabar qilmoqda muxbir.

Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy o‘quv yurti diplomiga ega mutaxassis har doim ham maktabda dars berishga tayyor bo‘lmaydi. Misol uchun, mutaxassisda pedagogik va bolalar bilan ishlash ko‘nikmasi yo‘q. Bolalar psixologiyasini bilmaydi. Natijada o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida turli nizolar kelib chiqmoqda", - degan xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov.

Ta’kidlanishicha, malaka toifasi bo‘lmagan o‘qituvchi kasbiy litsenziya olganidan so‘ng uning mehnatiga haq to‘lash shartlari ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarga tenglashtiriladi.

Litsenziyalash tartibi joriy etish masalasi malakali, bilimli pedagogik mahoratga ega va psixologik bilimga ega o‘qituvchilarni tanlash imkonini beradi, deb ta’kidlagan XTV xodimi.

Shuningdek, litsenziyaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning maoshlari bunday hujjatga ega bo‘lmagan mutaxassislarga qaraganda yuqoriroq bo‘lishi qo‘shimcha qilinmoqda.

Hozirda O‘zbekiston xalq ta’limi tizimidagi 466 462 nafar o‘qituvchidan 3,1 %i oliy malaka, 14,6 %i birinchi malaka, 29,4%i ikkinchi malaka toifasiga ega.

Yangiliklar lentasi
0