15:12 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Goryaщiy avtobus

TIV Rossiyada 50 kishi hayotini qutqarib qolgan oʻzbekistonlik haqida bayonot berdi

AP Photo / Leo Correa
Yangiliklar
Havola olish
40220

Haydovchi orqani koʻrsatuvchi koʻzgudan qora tutunni koʻrib, toʻxtagan. Barcha eshiklarni ochib, evakuatsiya eʼlon qilgan. Yoʻlovchilar sarosimaga tushmay, avtobusdan chiqishga muvaffaq boʻlishgan, ulardan hech kim jarohatlanmagan

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 1-dekabr kuni shaharning Primorskoye shossesida ichida taxminan 50 nafar yoʻlovchi boʻlgan 211-yoʻnalishdagi avtobus yonib ketgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi, deb xabar bermoqda TIV matbuot-xizmati.

Avtobus haydovchisi - Oʻzbekiston fuqarosi Abdumannon Qarshiyevning tezkor va toʻgʻri harakatlari tufayli hech kim jabrlanmagan.

Qarshiyev avtobus haydovchisi sifatida "Tretiy park" OAJda 2016 yildan buyon mehnat faoliyati bilan shugʻullanib kelgan, deyiladi xabarda.

Xabarlarga koʻra, avtobus standart yoʻnalish boʻylab harakatlanayotgan boʻlgan. Haydovchi orqani koʻrsatuvchi koʻzgudan qora tutunni koʻrib, toʻxtagan. Barcha eshiklarni ochib, evakuatsiya eʼlon qilgan. Yoʻlovchilar sarosimaga tushmay, avtobusdan chiqishga muvaffaq boʻlishgan, ulardan hech kim jarohatlanmagan.

Haydovchi esa oʻt oʻchirish vositasi orqali alangani mustaqil bostirishga harakat qilgan.

"Kompaniyada ushbu jasoratli haydovchining mardonavor xatti-harakati va yuqori professionalligi eʼtirof etildi. U vaziyatning murakkabligiga qaramay, sarosimaga tushmagan va yonayotgan avtobusdan yoʻlovchilarni olib chiqqan", - deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular