O‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlagan o‘qituvchilar oyligiga 100 % ustama qo‘shiladi

© SputnikNailya Garabiyevna Yenileyeva — pedagog nachalnix klassov shkoli №184 Tashkenta
Nailya Garabiyevna Yenileyeva — pedagog nachalnix klassov shkoli №184 Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz rivojlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, Avloniy nomidagi Xalq ta’limi akademiyasi va Pedagogik mahorat institutlari tashkil etiladi

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. O‘quvchilarni Xalqaro fan olimpiadalari, PISA, PIRLS, TIMSS tadqiqotlariga munosib tayyorlagan pedagog xodimlarga 100 %, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan g‘olib lavozim maoshiga har oy 150 % ustamalar belgilanadi.

Shkolniki - Sputnik O‘zbekiston
"Bolalarni himoyalaymiz": O‘zbekiston o‘qituvchilar uchun litsenziya tizimini joriy etmoqchi

Bu haqda  3-dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Matbuot anjumanida o‘qituvchilarning mustaqil rivojlanishi, o‘qitish usullarini takomillashtirish va ularni malaka talablariga muvofiq tanlash masalalari yuzasidan  so‘z yuritilib, mavzu doirasida 2019-yilda ta’lim sohasida yuz bergan qulayliklar va yangiliklar borasida ham ma’lumot berib o‘tildi. 

Unga ko‘ra 2019-yildan boshlab o‘qituvchilar qishloq xo‘jalik ishlari, obodonlashtirish ishlari, majburiy obunadan mutlaqo ozod etilgan bo‘lib, o‘qituvchilarga faqat o‘z faoliyati bilan shug‘ullanish qat’iy belgilangan. Ammo shunga qaramay, bu borada uchrayotgan ba’zi salbiy holatlar yuzasidan prokuratura hamda OAV tomonidan muntazam nazorat o‘rnatilgan.  

Shuningdek, 2020-yilda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘qish (EGRA) va matematika (EGMA) savodxonligi bo‘yicha xalqaro baholash amalga oshiriladi.

2021 yili esa o‘quvchilar bilimi PISA, PIRLS xalqaro baholash dasturlari asosida aniqlanadi.

Shuningdek, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirishni takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz rivojlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi akademiyasi va Pedagogik mahorat institutlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari maktab direktorlari va o‘qituvchilarning kasbiy standartlari, turli shakldagi (an’anaviy, masofaviy, aralash, ish joyida va boshqa) va muddatlarga oylik, bir-ikki haftalik malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi, “Ta’lim sohasi menejmenti” va “Kattalar ta’limi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura joriy qilinishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0