O‘qituvchilarni litsenziyalash tartibi qanday amalga oshiriladi - XTV javobi

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021 yilning 1-yanvar sanasidan O‘zbekistonda o‘qituvchilarni litsenziyalash tizimi joriy etilishi kutilmoqda. Xalq maorifi mutasaddilari so‘zlariga ko‘ra, bu tizim bolalarni himoyalash va darslar sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. O‘zbekistonda joriy etilishi ko‘zda tutilayotgan litsenziyalash tizimi jahon amaliyotida keng tarqalgan. Bu amaliyotga ko‘ra, litsenziya - chet davlatlarda pedagogni maktabga ishga qabul qilishning eng asosiy talablaridan biri hisoblanadi, dedi Sputnik muxbiriga Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov.

Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada o‘quvchiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi ma’muriy javobgarlikka tortildi

"Bunday talablar Amerika Qo‘shma Shtatlarining har bir shtatida, Janubiy Koreyada, Yaponiyada, Birlashgan Arab Amirliklarida mavjud. Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Biz bu to‘g‘ri yondashuv, deb hisoblaymiz. Sababi, tizimning o‘zi maktabda dars jarayoniga jalb etiladigan pedagog uchun yuqori plankani qo‘yishi shart. Bolalar bizning kelajagimiz. Shu bois bizga maktablarga sifatli dars beradigan pedagoglar kelishi juda muhim", - deya izoh berdi XTV vakili.

Ta’kidlanishicha, o‘qituvchilar malakasini belgilovchi hujjatning ishchi nomi "litsenziya" bo‘lgani bilan, bu nom o‘zgarishi ehtimoldan holi emas. Hozirda qanday nomlash haqida muhokamalar ketapti.

"Litsenziya nomi ko‘pchilikka negadir unchalik maqbul bo‘lmayapti. Ehtimol bu tizim o‘qituvchini ishga qabul qilish uchun maxsus kasbiy imtihon deb atalishi ham mumkin. Bu tizimni birdaniga barcha o‘qituvchilar uchun joriy qilmaymiz. Xalq ta’limi vazirligi sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bu ko‘rsatkichlar keltirib o‘tilgan. 2021-yilda bu tizim sohaning 5%ini qamrab olincha, 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkichni 15-25%ga yetkazishni rejalashtirganmiz", - dedi Umarov.

Shavkat Mirziyoyev - O‘zbekiston prezidenti v.b., Bosh vazir - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchi kasbi dunyodagi eng ulug‘ va sharafli kasb"

Mazkur kasbiy imtihondan o‘tishni xohlovchilar uchun qator imtiyozlar berilishi kutilmoqda. Eng avvalo bu maoshning ko‘tarilishi.

Va birinchi imtihon bepul bo‘lishi qo‘shimcha qilindi.

"Agar o‘qituvchi 2-5-10 marta imtihonga keladigan bo‘lsa, imtihonni pulli qilishga ehtimol to‘g‘ri kelar. Imtihonga kelgan o‘qituvchilar o‘z ta’lim predmetlari bo‘yicha test topshiradilar. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchiga bir nechta maktablarda ochiq darslar o‘tib berish takliflari beriladi. Shu tarzda uning pedagogik mahoratiga baho berish mumkin. Uchinchi bosqichda o‘qituvchi psixologik test topshiradi. Bu testlar orqali o‘qituvchining bu sohaga ruhan tayyor ekanligini bilib olishni rejalashtirganmiz. Chunki ba’zan o‘qituvchilarimiz o‘z kasbiy etikasini buzishayotgani singari holatlarga duch kelmoqdamiz", - dedi Umarov.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekiston xalq ta’limi tizimidagi 466 462 nafar o‘qituvchidan 3,1 %i oliy malaka, 14,6 %i birinchi malaka, 29,4%i ikkinchi malaka toifasiga ega.

Yangiliklar lentasi
0