16:30 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Linii elektroperedach v okrestnostyax sela Partizanskoye v Krыmu

Turkmaniston-Oʻzbekiston podstantsiyalarini bogʻlovchi LEPda favqulodda oʻchish yuz berdi

© Sputnik / Sergey Malgavko
Yangiliklar
Havola olish
322 0 0

Maʼlum qilinishicha, nosozliklar tez orada bartaraf etilib, elektr energiya importi amalga oshirilayotgan liniya qayta ulanadi

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Turkmanistonning "Serdar" va Oʻzbekistonning "Qorakoʻl" podstantsiyalarini bogʻlovchi 500 kVli havo elektr uzatish tarmogʻida vaqtincha favqulotda oʻchish holati sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Axborot xizmati.

Ushbu magistral elektr tarmogʻi orqali qoʻshni Turkmaniston energetika tizimidan soatiga oʻrtacha 650 MVt elektr energiyasi importi amalga oshirilmoqda edi.

"Havo tarmogʻi oʻchishi sababli avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida Navoiy, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida yuklamasi 375 MVtga teng isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uzildi. Shuningdek, 40 MVt ABMK Buxoro viloyati hududiga qarashli nasoslar va 20 MVt Navoiy viloyati hududiga qarashli nasoslar tarmoqdan uzilgan. Tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilar va nasos stantsiyalarini zudlik bilan ulash va elektr stantsiyalaridagi zahira quvvatlarini ishga kiritish boʻyicha joylarga soat 10:57 da tegishli topshiriqlar berilgan va import amaliyoti vaqtincha toʻxtatilganidan qatʼiy nazar oʻzbekistonlik isteʼmolchilarga elektr taʼminoti yetkazib berilmoqda.

Rasmiy bayonotlarimiz ijtimoiy tarmoq sahifalarida asossiz taxminlar orqali turlicha talqin etilmasligi uchun shuni alohida taʼkidlaymizki, "Serdar" va "Qorakoʻl" podstantsiyalarini bogʻlovchi 500 kvli elektr uzatish tarmogʻi "Turkmenenergo" davlat elektr energetika korporatsiyasi balansida boʻlib, import amaliyotida vaqtincha uzilishlar boʻlishi (tuzatish-taʼmirlash ishlarining olib borilishi) Oʻzbekiston elektr energetika umumtizimiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydi", - deyiladi xabarda.

"Turkmenenergo" davlat elektr energetika korporatsiyasi hududiy boʻlimlari tomonidan nosozlik sababini aniqlash va bartaraf etish maqsadida bir nechta brigadalar tashkil qilinib, magistral liniyalarining zarar yetgan joylarini aniqlash va bartaraf etish uchun yuborilgan.

Maʼlum qilinishicha, nosozliklar tez orada bartaraf etilib, elektr energiya importi amalga oshirilayotgan liniya qayta ulanadi.

Asosiy mavzular