23:24 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Yangiliklar
Havola olish
601 0 0

Qayd etilishicha, asli Eron Islom Respublikasi fuqarolari boʻlgan mazkur shaxslar Ispaniya davlatining fuqarolik pasportlarini tekshirish uchun taqdim etishgan

TOSHKENT, 7 dek - Sputnik. Bir guruh eronlik fuqarolar soxta pasport bilan Oʻzbekistonga kirishga urindi, deb xabar qildi DXX Chegara qoʻshinlari matbuot-xizmati.

"4 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportida DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining hujjatlarni nazoratdan oʻtkazish vaqtida ana shunday shaxslardan 5 nafari qoʻlga olingan. Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan oʻtish boʻyicha muayyan qonun-qoidalar toʻgʻrisidagi targʻibot olib borilishiga qaramay baʼzi bir shaxslar tomonidan qonunbuzarlik holatlari uchrab turmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, asli Eron Islom Respublikasi fuqarolari boʻlgan mazkur shaxslar Ispaniya davlatining fuqarolik pasportlarini tekshirish uchun taqdim etishgan.

Natijada pasportlarning qalbaki ekanligi maʼlum boʻlgan va ularga nisbatan tegishli choralar koʻrilgan.

Asosiy mavzular