10:53 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Yangiliklar
Havola olish
288 0 0

Tuman va koʻrish darajasining yomonligi sabab Namangan va Fargʻona shaharlaridagi aeroportlar havo kemalarini qabul qilmaydi. HY-620 qatnovi Toshkent shahri aeroportida qoʻngan.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Namangan va Fargʻona shaharlaridagi aeroportlar havo kemalarini qabul qilmaydi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining bir nechta qatnovlari manzilga kechroq yetib borishadi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar qilishicha, bunga tuman va koʻrish darajasining yomonligi sabab boʻlgan.

HY-620 qatnovi (Moskva – Namangan): havo kemasi komandiri samolyotni Toshkent shahri aeroportida qoʻndirishga qaror qilgan.

HY-619 qatnovining (Namangan - Moskva) uchishi ham kechikadi.

Shuningdek, HY-606 (Moskva - Samarqand) HY-42(Samarqand - Toshkent) qatnovlari ham manzilga moʻljallangan vaqtdan kechroq yetib borishadi.

Teglar:
aviareys, samolyot

Asosiy mavzular