08:50 18 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Yangiliklar
Havola olish
25610

Ichki ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, soʻnggi vaqtlarda internet foydalanuvchilarini Oʻzbekiston IIV nomidan aldashga oʻtgan kiberjinoyatlar avj olmoqda

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Soʻnggi paytlarda fuqarolarning pornografik foto va video mahsulotlarini targʻib qiluvchi internet resurslaridan foydalanishlari ularning firibgarlar tuzogʻiga tushib qolishlariga sabab boʻlmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlikning ogohlantirishicha, fuqaroning pornografik foto va video mahsulotlarini targʻib qiluvchi internet resurslaridan foydalanishlari jarayonida quyidagi holat yuz beradi:

"Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boʻlimidan bildirishnoma" sarlavhasi ostida sizib chiquvchi oynada foydalanuvchi  taqiqlangan saytlarga kirgani sababli goʻyoki IIV tomonidan uning 200 000 soʻm (ayrim hollarda 300 000 soʻm) miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar keladi.

Shuningdek, “Webmoney” elektron toʻlov tizimi orqali davlat hisobiga toʻlovni amalga oshirilishi lozimligi, aks holda qurilmada saqlangan kontaktlarga foydalanuvchining pornografik foto va video mahsulotlar joylashtirilgan internet resurslaridan foydalangani haqida hodisa bayoni hamda foydalanuvchiga jarimani toʻlashi talabi bilan SMS xabar yuborilishi haqida maʼlumot paydo boʻladi.

Foydalanuvchilarning internet veb brauzeri esa blokirovka holatiga tushib qoladi.

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tarkibida "Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi" nomi bilan faoliyat yurituvchi boʻlim yoki boʻlinma mavjud emas; shuningdek, "Webmoney" toʻlov tizimida Oʻzbekiston IIV tarkibiy va hududiy tuzilmalari elektron hamyonlariga ega emas, deya ogohlantirmoqda IIV.

"Shunga muvofiq, fuqarolarimizni internet tarmogʻidan foydalanayotganda bu kabi salbiy holatlarga duch kelmasligi uchun firibgarlarning aldoviga ishonib qolmaslikka chaqiramiz",- deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yuqorida taʼkidlab oʻtilgan holatlar yuzasidan hozirgi paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Asosiy mavzular