06:22 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
32301

Oʻzbekiston hududida odam savdosi boʻyicha eng koʻp kuzatiladigan holat esa chaqaloqlarni sotish bilan bogʻliq.

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda odam savdosi jinoyatining asosiy qurbonlari ayollarni tashkil qilmoqda. 2019 yilning oʻtgan davri mobaynida 116 shaxs odam savdosi jinoyatini sodir etish bilan ayblangan va ularning 88 %ini ayollar tashkil qilgan.

Bu haqda IIV Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul xodimi Behzod Mamajonov 11 dekabr kuni AOKA agentligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida barcha turdagi jinoyatchilik 2017 yilda 15.7 %ga, 2018 yilda 33.5 %ga, 2019 yil 11 oyida 24 %ga pasaygan.

Oʻzbekiston hududida odam savdosi boʻyicha eng koʻp kuzatiladigan holat esa chaqaloqlarni sotish bilan bogʻliq.

Shuningdek, majburiy jismoniy mehnat yoki fohishalikka majburlash kabi odam savdosiga oid holatlar Oʻzbekiston hududida sodir etilmagan. Bunday holatlar xorijdagi oʻzbekistonliklar ishtirokida kuzatilishi qayd etilgan.

Asosiy mavzular