14:24 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Yangiliklar
Havola olish
2918 0 0

Olimlar ovqatlanish ratsioniga meva va sabzavotlarni kiritishni maslahat berishmoqda, chunki ular uyquga ijobiy taʼsir koʻrsatar ekan.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Tozalangan uglevodlar miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish uyqusizlik xatarini oshiradi. Kolumbiya universiteti huzuridagi shifokorlar va jarrohlar kolleji tadqiqotchilari xuddi shunday xulosaga kelishdi, deb xabar qilmoqda MedicalXpress.

Ilmiy ish mualliflari klimaks holatini boshdan kechirayotgan 50 mingdan ortiq ayollar tomonidan taqdim etilgan ovqatlanish ratsioni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini tahlil qilishgan. Ular xulosalariga koʻra, shakar, oq non va guruch qondagi shakar tarkibini oshirar va bu uyqusizlik kelib chiqishining sabablaridan biri hisoblanar ekan.

Mutaxassis soʻzlariga koʻra, organizm qondagi shakar miqdorini kamaytirish uchun insulin ishlab chiqaradi. Bu esa organizmda gormonlar miqdori, shu jumladan, adrenalik va kortizol oshishiga olib kelishi mumkin. Aynan shunday holat uyqu meʼyori buzilishiga sabab boʻladi.

Olimlar ovqatlanish ratsioniga meva va sabzavotlarni kiritishni maslahat berishmoqda, chunki ular uyquga ijobiy taʼsir koʻrsatar ekan.

Asosiy mavzular